Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Twitter’dagi sahifasida Amsterdamdan Parijga yo‘l olgan Thalys tezyurar poyezdidagi otishmani terrorchilik harakati deb atadi va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Men Thalys’dagi terrorchilik harakatini qoralayman va jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman”, — dedi bosh vazir.
Amsterdamdan Parijga ketayotgan poyezdda noma’lum shaxsning o‘t ochishi natijasida uch kishi jabrlangan. Erkak yo‘lovchilar tomonidan zararsizlantirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Izoh (0)