O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.
Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha:
1-o‘rin. Alisher Ibodinov, yozuvchi – “Buyuk tog‘lar” kitobi uchun (roman va qissa)2-o‘rin. Humoyun Akbarov, yozuvchi – Nasriy va publitsistik asarlari uchun
3-o‘rin. Munavvara Usmonova, shoira – Matbuotda e’lon qilingan turkum she’rlari uchun
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Asad Dilmurod, yozuvchi – “Xayol cho‘g‘lanishi” kitobi uchun (roman va hikoyalar)
Ma’suma Ahmedova, yozuvchi – “Jo‘natilmagan maktub” kitobi uchun (qissa va hikoyalar)
Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha:
1-o‘rin. Iroda Umarova, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayt axboroti tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni internet tarmog‘i orqali chet el ommasiga yetkazishdagi ishtiroki, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, yurtimizda o‘tayotgan yirik xalqaro tadbirlar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun2-o‘rin. Denis Davlatov, Uzbekistan today gazetasi bo‘lim muharriri – O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan ulug‘vor o‘zgarishlar, investitsiya siyosatining ustuvor jihatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan turkum maqolalari uchun
3-o‘rin. Alijon Abdusattorov, “Qishloq hayoti” gazetasi Jizzax viloyati bo‘yicha muxbiri – Istiqlol yillarida mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaralari, davlatimizning maqsadli dasturlari ijrosiga oid maqolalari uchun
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Sanjarbek Tursunov, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi muxbiri – Milliy qadriyatlarni qadrlash, Vatanga sadoqat, bugungi davr qahramonlari obrazlarini badiiy ifodalar orqali tasvirlashga qaratilgan publitsistik materiallari uchun
Nigora Ro‘ziyeva, “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbi” gazetalari muxbiri (Navoiy viloyati) – Yoshlarga oid davlat siyosatini yoritishga qaratilgan materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga oid chiqishlari uchun
Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha:
1-o‘rin. “Dunyo bo‘ylab” telekanali jamoasi – “Ajdodlar dahosi”, “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor”, “Shukrona”, “O‘zbekiston deya atalur”, “Bu yo‘llar”, “Jahon bo‘ylab” turkum ko‘rsatuvlarida mustaqillik bergan ne’mat, tinch hayotimizdagi islohotlar va ona diyorimizning bugungi manzaralari o‘zgacha talqindagi namoyishi va tomoshabinlarda Vatan tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan mavzulari uchun
2-o‘rin. Oqila Umarova, “Toshkent” radiokanali muharriri – “Bevosita muloqot”, “Sayyor mikrofon” tahliliy eshittirishlari va iqtisodiy mavzularda tayyorlangan turkum dasturlari uchun
3-o‘rin. Gulnoza Hojiyeva, O‘zbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi. “Vodiy sadosi” telekanali muxbiri – Millatlararo totuvlik, yurtimizdagi ulkan bunyodkorlik va oddiy odamlar hayotida istiqlol g‘oyalari aks ettirilgan materiallari uchun
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Aysara Izimbetova, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi muharriri – Qoraqalpoq xalqining bugungi hayoti, yutuqlari, shahar va ovullarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqidagi turkum ko‘rsatuvlari uchun
Uljamol Xonnayeva, “Yoshlar” teleradiokanali muharriri – Milliy qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Azim daryo” turkumidagi badiiy-publitsistik eshittirishlari uchun
Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha:
1-o‘rin. Rustam Xudoyberganov, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalqimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar, “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” mavzusidagi turkum dizaynlari uchun
2-o‘rin. Sevara Qosimova, rangtasvirchi – Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan turkum asarlari uchun
3-o‘rin. Vladimir Shlosberg, fotosuratchi – Istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari aks etgan fotolavhalari uchun
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Malika Jo‘rayeva, rangtasvirchi – Tarixiy mavzular va milliy qadriyatlarimiz aks etgan ijodiy ishlari uchun
Maftuna Hamidboyeva, dizayner (Surxondaryo viloyati) – Viloyatda mustaqillik yillarida yuz bergan ulug‘vor o‘zgarishlar aks etgan dizayn ishlari uchun
Kino san’ati asarlari bo‘yicha:
1-o‘rin. Rustam Sa’diev, “O‘zbekfilm” OAJ rejissori – “Sotqin” badiiy filmidagi rejissorlik ishi uchun
2-o‘rin. Murodjon Odilov, Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi rejissori – Mustaqillik yillarida zamondoshlarimiz hayotida va ong-shuuridagi o‘zgarishlar haqidagi “O‘zbekistonliklar”, “Orzulari ushalgan odamlar”, “Zavol bilmas umr” hujjatli filmlaridagi rejissorlik ishi uchun
3-o‘rin. Azizbek Arziqulov, “O‘zbekfilm” OAJ kinostudiyasi operatori – “Ota”, “Novda” filmlaridagi operatorlik ishi uchun
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Shahlo Temirova, aktrisa – Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Dilor, Dilor, dil va or” badiiy filmidagi bosh rolni ijro etgani uchun
Asenbay Asqarov, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi operatori – “Bolalar kulgan baxtli el”, “Qoratov sirlari”, “Ustyurt – xazinalar maskani” hujjatli filmlaridagi operatorlik ishi uchun
Saidbotir Ahmadxo‘jayev, faxriy rejissor – Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan hamda ko‘p yillar davomida ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy mavzularda tayyorlagan turkum hujjatli filmlari uchun
Izoh (0)