Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika yo‘llaridagi xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi mamlakat chegarasidagi jangarilar haqidagi mish-mishlarga bog‘liq emasligini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq bir qator OAVlarda Checheniston va Ingushetiya chegarasida jangarilarni qidirish ishlari olib borilayotganligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
“Bu mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz respublika yo‘llaridagi halokatlarni va o‘lim holatlarini kamaytirish uchun yo‘l harakatini tartibga soluvchi inspektorlar faoliyatini kuchaytirishga majbur bo‘ldik”, — deydi Qodirov.
Izoh (0)