Tesla kompaniyasi avtopilotning bir qator vazifalarini haqiqiy yo‘l sharoitlarida sinab ko‘rishni boshladi, deb xabar beradi “3dnews.ru”.
Gap katta yo‘l avtopiloti va avtomobilni to‘xtab turish joyiga parallel joylashtirish tizimlari haqida bormoqda. Model S elektrik sedanlarining egalari qatnov yo‘li bo‘ylab harakatlanayotib boshqaruvni to‘liq elektronikaga yuklashi mumkin. Jumladan, avtomobil yo‘ldagi harakatni o‘zi boshqarishi, tezlikni oshirishi va kamaytirishi, shuningdek, avtomobilni boshqa yo‘nalishga burishi mumkin.
Avtomatik parallel to‘xtatish tizimi esa yo‘l yoqasidagi qulay joyga mashinani to‘xtatishni avtomobilning o‘ziga ishonish imkonini beradi.
Izoh (0)