Indoneziya sharqidagi Trigana aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragan joydan qurbon bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadlari evakuatsiya qilindi. Bu haqda Indoneziya Milliy qidiruv-qutqaruv boshqarmasi rahbari Xenri Bambang Sulistyo ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Sulistyoning so‘zlariga qaraganda, jasadlar o‘tish qiyin bo‘lgan changalzorlardan halokat yaqinidagi Oksibil shaharchasiga yetkazildi.
U yerdan esa samolyotda Jayapura shahriga olib borilmoqda.
Izoh (0)