Google kompaniyasi tabiiy ofat natijasida foydalanuvchilar ma’lumotlarining bir qismi qaytarib bo‘lmas darajada yo‘qotilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Korporatsiyaning ma’lum qilishicha, yashinning to‘rt karra zarbasi Google’ning Belgiyadagi ma’lumot markaziga zarar yetkazgan. Tabiiy ofat natijasida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni bulutli serverda saqlash va “bulut”da virtual kompyuterlarni ishga tushirish imkonini beruvchi Google Compute Engine xizmati zarar ko‘rdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ma’lumotlarning faqat 0,000001 foizi yo‘qotilgan. Google o‘z markazlarining yashinga qarshi himoyasini kuchaytirishiga ishontirmoqda.
Izoh (0)