AQShda ikki kishi Gavayi universiteti talabalar yotoqxonasining 14-qavatidan qulab tushdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Yerga qulab tushgan yigitlar og‘ir jarohat oldi. Ular kasalxonaga yetkazilganda, shifokorlar ulardan birida o‘lim holatini qayd etdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan yigit deraza tashqarisidagi tokchaga chiqqan 19 yoshli yigitni qutqarishga uringan. O‘zini derazadan tashlashga uringan yigitning ham ahvoli og‘ir ekanligi xabar qilindi.
Ta’lim muassasasi vakilining so‘zlariga qaraganda, fojia ishtirokchilaridan hech biri universitet talabasi emas, ularni yotoqxonada yashovchi talaba o‘zi bilan olib kelgan.
Izoh (0)