Xitoy shimolidagi Tyanszin port shahri omborida yuzaga kelgan portlash qurbonlari soni 104 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Xitoy Markaziy televideniyesining ma’lum qilishicha, havoda zaharlovchi moddalarning mavjudligi favqulodda hodisa joyida harbiy qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda. Havoda kimyoviy moddalarning kuchli hidi sezilib, uzoq vaqt himoya vositasisiz bo‘lish ko‘z achishiga olib kelishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Tyanszinda navbatdagi portlashlar oqibatida avval portlash qayd etilgan omborxonada yana yong‘in yuzaga kelgan.
Izoh (0)