Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Mi-8” vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Ekipaj komandiri qutqaruvchilar bilan aloqaga chiqib, vertolyot dengizga qulaganini ma’lum qilgan. 10 kishi mustaqil ravishda sohilga chiqib olgan.
Avvalroq, vertolyot aytilgan vaqtda qo‘nmagani va aloqаga chiqmagani ma’lum qilingan. Xususiy buyurtmaga ko‘ra reysga chiqqan “Mi-8” bortida 13 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)