AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yish uchun kurashayotgan milliarder Donald Tramp o‘zi, biznesi va qarindoshlariga aloqador bo‘lgan 3 mingdan ortiq domenni sotib olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
O‘tgan hafta holatida Trump Organization nomiga 3153 ta domen ro‘yxatga olingan bo‘lgan. Ular orasida NoMoreTrump.com, DonaldTrumpSucks.com, TrumpVodkaSucks.com, TrumplsFired.com singari haqoratomuzlari ham mavjud. Shuningdek, milliarder siyosatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ElectTrump.com, DonaldTrump2012.com, VoteAgainstTrump.com singari domenlarni ham sotib olgan.
Trampning biznesi to‘g‘risidagi salbiy fkrlarga ega domenlar ham talaygina. Jumladan, u 2009-yilda sotib olgan va keyinroq sotib yuborgan vitaminlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Trump Network “moliyaviy piramida” va “firibgarlik” deya tavsiflangan (TrumpNetworkSucks.com, TrumpNetworkPyramidScheme.com, TheTrumpNetworkPonzScheme.com). Trampning o‘g‘li Erikning so‘zlariga ko‘ra, ular “yirtqich odamlar”dan himoyalanish maqsadida sotib olingan.
Izoh (0)