Janubiy Koreya davlat rahbari Pak Kin Xe Koreyaning yapon mustamlakasidan ozod etilganligining 70 yilligi munosabati bilan televideniye orqali 15-avgust kungi murojaatida Yaponiya va KXDRga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Yaponiya hukumati bundan buyon o‘zining izchil va samimiy harakatlari bilan sobiq hukumatlarning tarixiga nisbatan bo‘lgan qarashlarning meros bo‘lib qolishi to‘g‘risidagi bayonotni tasdiqlash yo‘li bilan qo‘shni mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatning ishonchini qozonishi lozim”, — deydi davlat rahbari.
“Shimoliy Koreya davlat tuzumini fitna va tahdidlar bilan saqlab qolishi mumkinligi to‘g‘risidagi soxta tasavvurlaridan qutulishi lozim”, — deydi o‘zining murojaatida Pak Kin Xe.
Izoh (0)