Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi may oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 734 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Iyun bilan taqqoslaganda (747 sh. b.) kvartira narxlari 2 foizga pasaydi. Shu bilan birga, panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 703 sh. b. (iyunda — 735, -2 %), g‘isht uylardagi — 777 sh. b. (792, -2 %)ni tashkil qildi.
Iyul oyida Toshkentdagi 11 tumandan 7 tasida kvartira narxlari pasaygan, uchtasida oshgan, bitta tumanda narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Olmazor (708) va Uchtepa (705) tumanlarida narxlar eng ko‘p — 4 foizga pasaygan. Yunusobod tumanida (749) 3 foizga, Mirobod (774), Chilonzor (760) va Yakkasaroy (804) tumanlarida narxlar kamroq — 2 foizga, Mirzo Ulug‘bek (747) tumanida esa 1 foizga pasaygan. Bektemir (505), Sirg‘ali (589) va Shayxontohur (840) tumanlarida narxlar 1 foizga oshgan, Yashnobod tumanida (673) esa o‘zgarishsiz qolgan.
Izoh (0)