Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro o‘zi 89 yoshni to‘ldirgan kunda e‘lon qilingan maqolasida AQSh o‘z siyosati tufayli Kubaga yetkazilgan ko‘p millionlik zararlarni qoplab berishi lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Ikkinchi jahon urushi va Yaponiyaga atom bombasi tashlanganidan keyin AQSh halok bo‘lgan, jarohatlangan va och qolganlarga to‘lgan va vayron bo‘lgan dunyo oldida Yer yuzidagi eng ko‘p boyliklarga ega bo‘ldi”, — deb yozgan Kastro.
Kastro “Reallik va orzular” nomli ushbu maqolasida AQSh va Kuba o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tiklanishi masalasini tilga olmagan.
Izoh (0)