Xitoyning Ulanchab shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi va ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi mazkur musobaqaning oltin medallari uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
-69 kg vazn toifasida Shahnoza Nizamova xitoy taypeyilik Vu Pey-Yiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, +81 kgda ringga ko‘tarilgan Go‘zal Ismatova muddatidan oldin raqibasi qozog‘istonlik Lyazzat Kungeybayevani taslim etishning uddasidan chiqib, finalga yo‘l oldi.
Yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) va Dilnavoz Norxo‘jayeva (-81 kg) o‘z yurishlarini mazkur bosqichda to‘xtatib, turnirning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)