Braziliyaning “San-Paulu” klubi taniqli darvozabon-to‘purari Rojerio Seni yana bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
U Braziliya chempionati 18-turidan o‘rin olgan “Figeyrense” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinning 27-daqiqasida belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Shu tariqa 42 yoshli darvozabon o‘z gollari sonini 130 taga yetkazib oldi.
Rojerio 130 ta goli bilan dunyodagi eng ko‘p gol urgan darvozabon hisoblanadi.