AQShning San-Diyego shahrida Kaliforniya universiteti olimlari guruhi avtomobillarning bort elektronikasini SMS yuborish orqali buzish yo‘lini topdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Ekspertlar mashinani diagnostika portiga o‘rnatilgan maxsus datchik orqali uni masofadan boshqarish mumkinligini aniqlagan. Bunday qurilmalar odatda transport va sug‘urta kompaniyalari tomonidan avtomobilning qayerdaligi, tezligi va yoqilg‘i tejamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=-CH9BvFlrGs
Olimlar ushbu datchikka maxsus matnli xabar yuborish orqali ham yengil, ham yuk mashinalarining ba’zi tizimlari faoliyatiga ta’sir qilish usulini topgan. Jumladan, oyna tozalagich va tormozni ishlatish yoki ularning ishini to‘xtatish mumkinligi aniqlangan.
Izoh (0)