Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2015-yil oktabr oyida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Japan Times nashriga asoslanib, “Anons.uz” xabar bermoqda.
Avvalroq tashrif joriy yilning avgust oyiga rejalashtirilgani aytilgan edi, biroq Yaponiya parlamenti sessiyalari sentabr oyi oxirigacha cho‘zilishi munosabati bilan tashrif vaqtini ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan.
Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga ham tashrif buyuradi. Tashriflar yakunida Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlaridagi infratuzilmaviy loyihalarga ko‘mak berishi to‘g‘risidagi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)