Xalqaro valyuta fondi Xitoy yuani devalvatsiyasini ijobiy qadam sifatida baholadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Xalqaro valyuta fondining qayd etishicha, yuan devalvatsiyasi kurs ayirboshlanishida bozor mexanizmining muhim rol o‘ynashiga imkon beradi.
Shuningdek, muayyan natija yangi mexanizmning amalda tatbiq etilishiga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Xalq banki yuan kursini 1,9 foizga pasaytirib, mamlakat milliy valyutasining 1994-yil yanvar oyidan buyon kuzatilgan eng yirik devalvatsiyasini amalga oshirdi.
Izoh (0)