Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri prokuraturasi OAV xabariga ko‘ra o‘z valyutasini chiqarishni boshlagan kazaklar jamoasi faoliyatini tekshiradi. Bu haqda muassasa rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Tekshiruv uchun mahalliy “Fontanka” internet-gazetasida 10-avgust kuni berilgan kazaklarning “Irbis” pravoslav ittifoqi bir haftadan buyon o‘z valyuta tizimi bilan yashayotgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qiymati 1 grosh (ekvivalenti 100 rubl), 1 altin (1000 rubl) va 1 bashlya (10 ming rubl) ga teng ikki milliondan ortiq banknota chiqarilgan. Kupyuralarda ittifoqqa rahbarlik qiluvchi ataman Andrey Polyakov va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratlari tushirilgan.
Prokuratura ushbu hududda valyuta chiqarilishining qonuniyligini tekshiradi. Polyakovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu banknotalar ko‘proq vekselni eslatib, faqat jamoa ichidagi o‘zaro to‘lovlar uchun ishlatiladi. Rossiya Markaziy banki esa mamlakat hududida boshqa pullar joriy etilishini noqonuniy deb atagan.
Izoh (0)