Xitoyning Lenovo kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtirilayotgan Zuk startapi a’lo darajadagi xususiyatlarga ega, nisbatan arzon smartfonni taqdim etdi, deb xabar bermoqda New Delhi Television.
Ishlab chiqaruvchining fikricha, Zuk Z1 smartfoni Xiaomi va OnePlus brendlarining yuqori darajadagi xususiyatlarga ega arzon qurilmalari bilan raqobatlasha oladi. Smartfon Xitoyda kompaniyaning o‘z onlayn do‘koni orqali 18-avgustdan boshlab 1799 yuan (280 dollar)dan sotuvga qo‘yiladi.
5,5 dyuymli ekranning o‘lchami 1080×1920 pikselni tashkil etadi. Smartfon 8 megapikselli old, 13 megapikselli asosiy kameraga ega. 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 801 protsessori bilan ta’minlangan smartfon 3 Gblik tezkor va 64 Gblik ichki xotiraga ega. Qurilmaga barmoq izini taniydigan sensor ham o‘rnatilgan.
Izoh (0)