Coca-Cola kompaniyasi ortiqcha vaznga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar bilan shug‘ullanuvchi Global Energy Balance Network tadqiqot tashkilotining homiysi ekanligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qayd etilishicha, tashkilotning videoroliklaridan birida fastfud va shakarli ichimliklarning zarari to‘g‘risidagi fikrlar aslida faktlar bilan isbotlanmagani, mashqlar va faol hayot tarzi sog‘liqqa parhezdan ko‘ra foydaliroq ekanligi aytiladi.
The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Coca-Cola tashkilotga jami 1,5 million dollar xayriya qilgan. GEBN sayti shirin gazlangan ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya shtab-kvartirasining manzilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Tashkilotning roliklarida bir necha marta Coca-Cola logotiplari ko‘rsatilgan.
Izoh (0)