Avstraliyaning Pert shahrida Kyortin universiteti professori Stelark jarrohlik yo‘li bilan o‘zining chap qo‘lida qo‘shimcha quloq “o‘stirdi”, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Ushbu g‘oya dastlab 1996-yilda tug‘ilgan, biroq operatsiya o‘tkazishga rozi bo‘lgan tibbiyot mutaxassislari jamoasini yig‘ishga 10 yil ketgan. 2006-yilda qo‘lining terisi ostiga o‘rnatilgan maxsus karkas yarim yildan keyin qon kanallariga ega to‘qimalar yordamida o‘sa boshlagan. Kelajakda Stelark quloqning hajmini kattalashtirib, unga mikrofon o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Stelarkning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha quloq — boshqa joylardagi insonlar ovozni masofadan turib eshitishi uchun qurilma. Ular professor qayerda bo‘lishidan qat’i nazar suhbatni eshitishi yoki konsert tinglashi mumkin. Qurilma Wi-Fi orqali ishlaydi.
Izoh (0)