“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi.
“Jumladan, ‘Keksalarni e’zozlash yili’ munosabati bilan Samarqand viloyat, Paxtachi tumanidagi ‘Ziadin avto Sardor’ mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli, Ziyovuddin—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi VSh-809 raqamli avtobuslar 60 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchilarga kira haqining 50 foizi evaziga, 70 yoshdan kattalarga esa bepul xizmat ko‘rsatmoqda”, — deydi MChJ direktori R.Axnazarov.
Izoh (0)