Domodedovo aeroportidagi hojatxonadan yangi tug‘ilgan go‘dakning jasadi topildi. Politsiya uni onasi deb gumon qilinayotgan tyumenlik ayolni qo‘lga oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida politsiya chaqaloqni dunyoga keltirib, uni hojatxonada qoldirib ketganlikda gumon qilinayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan ayolni qo‘lga oldi.
Voqea joyida tergovchilar hodisa vaziyatlarini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Chaqaloq o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvini o‘tkazish belgilandi.
Izoh (0)