Ukrainaning Donetsk shahrida 9-avgustga o‘tar kechasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakolatxonasining to‘rtta mashinasi yonib ketdi, deb xabar beradi Meduza.
Vakolatxona Ukraina sharqidagi nizoli hududda otishmani to‘xtatish tartibining bajarilishini nazorat qiladi. Avtomobillarga o‘t qo‘yilganligi taxmin qilinmoqda.
Donetsk Xalq Respublikasi vakilining ma’lumotiga qaraganda, YeXHTga qarashli oltita mashina yonib ketgan bo‘lib, ulardan uchtasini olov butunlay yo‘q qilgan.
Izoh (0)