Turkiya politsiyasi tomonidan Istanbul politsiya uchastkasida yuz bergan portlashga aloqador ikki kishi yo‘q qilindi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”.
Ma’lum qilinishicha, politsiya uchastkasi yaqinida mashinasini portlatib yuborgan xudkushning sheriklari xavfsizlik kuchlari bilan otishmaga kirishgan. Bu paytda ular uchastka binosida yashiringan.
Politsiya portlashga daxldor ikki kishini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, biroq operatsiya davomida bir nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.
Izoh (0)