Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam dom-daraksiz yo‘qolgan. Bu haqda qutqaruv ishlarini olib borayotgan mamlakat tabiiy ofatlarga qarshi kurash kuchlari ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Toshqinlar tufayli 3 ming atrofidagi oila uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Ellikka yaqin bino va yuzlab gektar ekin maydoni, Manali—Kiratpur milliy shossesining ayrim qismlari buzilgan va suv ostida qolgan. Mahalliy ma’murlar hisob-kitobiga ko‘ra, ko‘rilgan zarar miqdori 600 ming dollardan oshdi.
Izoh (0)