Hindiston sharqidagi Jarkxand shtatida joylashgan Baydyanatx ibodatxonasiga kirishda ro‘y bergan tiqilinch oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 10-avgust, dushanba kuni erta tongda, ibodatxona devorlari atrofida 150 mingdan ortiq ziyoratchi to‘plangan paytda ro‘y berdi. Ibodatxona eshigi ochilganda ichkariga tezroq kirishga intilgan bir necha ming kishidan iborat olomon navbat kutib uxlab yotganlarni toptab o‘tgan.
Mahalliy politsiya vakili ma’lumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yigirmaga yaqin ziyoratchi jarohatlangan.
Izoh (0)