Germaniyaning Die Welt nashri “Uralvagonzavod”ning Russia One yoki R1 nomli yangi tramvayi ko‘p afzalliklarga ega ekanligini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Rossiya ko‘p yillardan buyon tramvay kabi jamoat transportiga maqsadli ravishda mablag‘ sarflab kelmoqda. Sankt-Peterburg va Moskva Melburn va Berlin bilan bir qatorda dunyo bo‘yicha eng uzun temir yo‘llari bilan maqtana oladi”, — deydi nemis jurnalisti.
Russia One tramvayini ishlab chiqarayotgan “Uralvagonzavod” uni “dunyodagi birinchi biznes-klass tramvayi” deb atadi. O‘zining tashqi ko‘rinishi bilan u mashhur Gollivud filmidagi betmobilni eslatadi.
R1 tramvayini ko‘p miqdorda ishlab chiqarish 2016-yildan yo‘lga qo‘yiladi. U dastlab Yekaterinburg shahrida sinab ko‘riladi. R1 tramvayining qiymati bir million yevro atrofida baholanib, bu Yevropa kompaniyalarining shu kabi mahsulotidan ikki marta arzondir.
Izoh (0)