Odatda Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk omma oldida paydo bo‘lganda uni qo‘riqchilar qurshab olmaydi. Biroq uning qo‘riqchilari omma ichida, o‘ziga e’tibor jalb qilmasdan uni qo‘riqlayotgani shubhasiz, deb xabar beradi “Thg.ru”.
Patently Apple’ga ma’lum bo‘lishicha, Apple Tim Kukni qo‘riqlash uchun yiliga 700 000 dollar sarflaydi. Taqqoslash uchun, Amazon 2013-yilda Jeff Bezosni qo‘riqlash uchun 1,6 million dollar sarflagani aniqlandi. Oracle kompaniyasining bosh direktori Larri Ellisonni qo‘riqlash uchun 1,5 million dollar mablag‘ sarflangan.