Foydalanuvchilar sanksiyaga tushgan mahsulotlarning yo‘q qilinayotganligiga o‘z munosabatini bildirayotgan “#RossiyaJjyot” heshtegi Twitter’ning jahon trendiga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Heshtegga foydalanuvchilar mamlakatga noqonuniy olib kelingan pishloqning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq surat va xabarlarni qo‘ymoqda.
Yo‘q qilinayotgan mahsulotlardan tashqari, ushbu heshteg ostida foydalanuvchilar Rossiyada yuz berayotgan turli g‘aroyib hodisalarni ham chop etmoqda.
Izoh (0)