2011-yilda Anders Breyvik 69 kishining umriga zomin bo‘lgan Norvegiyaning Utoyya orolida fojiadan so‘ng birinchi marta yana yoshlar oromgohi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Uch kun davomida yoshlar turli siyosiy mavzular, jumladan, ekstremizmga qarshi kurash borasidagi bahslarda ishtirok etadi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham bu anjumanda qatnashib, yangi oromgohdan olingan suratni Twitter’da chop etdi.
Oldinroq Oslo Universiteti siyosatshunoslik fakultetining sirtqi bo‘limiga 21 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Anders Breyvik qabul qilingani haqida xabar berilgandi.