Pekinda politsiya xodimi jamoat hojatxonasida qoldirib ketilgan yangi tug‘ilgan qizaloqni qutqarib qoldi, deb xabar beradi Yahoo News.
Chaqaloq poytaxt shifoxonasiga olib borildi. Unda jismoniy shikastlanish alomatlari aniqlanmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qizcha ota-onasining shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda.
Qizcha ota-onasining bola yo‘qolganligi haqida e’lon qilmaganligi, hamda hojatxona yaqinidagi qon izlari chaqaloqning onasi uni hojatxonada dunyoga keltirib, shu yerning o‘zida tashlab ketganligidan dalolat beradi.
Xitoyda nikohsiz tug‘ilgan bolalarni iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tashlab ketish holatlari tez-tez uchrab turadi.
Izoh (0)