Noodatiy o‘yinlar tashkil etishni yoqtiruvchi videobloger Rohat Husayn fastfud yemakxonasi sotuvchilari xaridor robotni ko‘rganda nima qilishini kuzatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Rohat avtomobilda robotning orqasiga yashirinib, ovqat buyurtma berish uchun mashinani tamaddixona derazasi yoniga olib keldi. Rolikda fastfud restoranlarining kassirlari robotni birinchi marta ko‘rganda qo‘rqib ketgani ko‘rinib turadi.
https://youtu.be/CdggQr05LAA
Asabi mustahkamroq sotuvchilar uchun Rohat bir necha “tuzoq” ham tayyorlagan — robot gohida ularni “skaner”dan o‘tkazib, ismlarini aniqlagan bo‘lsa, ba’zi holatlarda “yomon”ga aylanib, pechenyelarni o‘g‘irlash bilan tahdid qilgan.
https://youtu.be/xVrJ8DxECbg
Qayd etilishicha, videobloger bunday o‘yinlarni tez-tez o‘tkazib turadi. Uning blogidagi eng ko‘p ko‘rilgan rolik — bo‘sh avtomobilning fastfudga borishidir. Shuningdek, u tok urgan xaridor, boshsiz haydovchi, stakani ucha boshlagan xaridor ko‘rinishida fastfud derazasi oldiga borgan.
Izoh (0)