Amerikalik muhandis Xanter Skott Twitter’da turli mukofotlar o‘ynaladigan tanlovlarda avtomatik ravishda qatnashadigan bot ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Odatda bunday o‘yinlar retvit qilishni, ba’zida esa muallifga obuna bo‘lishni talab qiladi. Shu sababli bot “retvit qil va g‘olib bo‘l” qabilidagi gaplarni izlashga yo‘naltirilgan, dasturchi botni haddan tashqari ko‘p obuna bo‘lgani uchun bloklash ehtimoliga qarshi kurashishiga to‘g‘ri kelgan.
To‘qqiz oy ichida Skottning botlari 165 mingta tanlovda qatnashgan va ulardan taxminan 1000 tasida g‘olib bo‘lgan. Sovrinlarning katta qismi turli logotiplar va avatar rasmlari bo‘lgan. Yana bir guruh mukofotlar — konsertlar va boshqa tadbirlarga chiptlar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan. Shuningdek, botlar turli kompyuter o‘yinlari uchun raqamli valyuta va o‘nlab kodlarni yutgan.
Skott ushbu o‘yinlarda yutgan eng qimmatli sovrin Nyu-Yorkdagi moda haftaligiga chipta bo‘lgan. Bunday chiptaning bozordagi narxi 4000 dollar turishi aytilgan. U tadbirlarda qatnashish imkoni bo‘lmagani uchun aksariyat sovrinlardan voz kechgan. Olgan mukofotlarining har biri uchun esa soliq to‘lagan.
Izoh (0)