Britaniyaliklar yangi joyga ko‘chib o‘tishda o‘zlarining vafot etgan qarindoshlarini ham olib ketmoqda, deb xabar beradi “Zakon.kz”. Britaniya Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ularga bir hafta davomida boshqa joyga ko‘chish munosabati bilan qarindoshining jasadini eksgumatsiya qilish haqida 25 tagacha iltimos kelib tushadi.
Ko‘pchilik mansabdorlarni ba’zi yurtdoshlari uchun marhum qarindoshini yarim yilda bir marta yo‘qlashdan ko‘ra, uning jasadini kovlab olish osonroq ekanligi hayratga soldi.
Ta’kidlanishicha, hukumat vakillari bunga hech qanday qarshilik bildirmagan. Biroq britaniyaliklarning ushbu harakatlari Anglikan cherkovining tanqidiga uchradi.
“Ko‘pchilik fuqarolarning yaqinlari jasadi bilan boshqa burchakka ko‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lgan mebel kabi munosabatda bo‘lishi bizni g‘azablantirmoqda”,— deydi cherkov vakillari.
Izoh (0)