Xitoydagi savdo markazlaridan birida farroshning oyoqlari ostida eskalator poli yorilib, uni mexanizm ichkarisiga tortib ketishiga bir bahya qoldi, deb xabar bermoqda “Today.kz”.
Erkak yiqilmaslikni uddalagan. O‘z vaqtida yetib kelgan qutqaruvchilar uni qutqarib qolgan, biroq mexanizm orasida qisilib qolish tufayli orttirilgan jiddiy jarohatlar oqibatida shifokorlar uning oyog‘ini kesishiga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoydagi boshqa bir savdo markazida 30 yoshli ayolning oyog‘i ostida eskalator poli yorilib ketgani, ayol qo‘lidagi o‘g‘lini qutqarib, o‘zi mexanizm ichiga kirib ketgani va halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)