Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bosh vazir Karim Masimov va prezident ma’muriyati rahbari Nurlan Nigmatulin ishtirokida majlis o‘tkazdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Majlisda mamlakatning iqtisodiy ahvoli va uni kelajakda rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shuningdek, Ostonada “Ekspo-2017” ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish masalasi ko‘rildi.Bundan tashqari, Qozoq xonligining 550 yilligi va respublika konstitutsiyasining 20 yilligi yubileylariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
“Bozor ahvolining yomonlashuvi, mamlakat byudjetining ahvoli, shuningdek asosiy eksport mahsulotlari narxining pasayganligi munosabati bilan mablag‘larni tejashni yo‘lga qo‘yish lozim. Ushbu choralarni kelgusi yilning byudjetida ham nazarda tutish kerak”, — deb ta’kidladi davlat rahbari.
Izoh (0)