Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga qarashli Fininvest kompaniyasi “Milan” futbol klubining 48 foiz aksiyasi tailandlik tadbirkor Bi Techaubolga sotilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
480 million yevroga tuzilgan shartnoma 30-sentabrgacha rasmiylashtirilishi lozim. Berluskoni klub prezidenti lavozimini saqlab qoladi va aksiyalarning katta qismiga egalik qilishda davom etadi. Direktorlar kengashiga Berluskonining yetti, Techaubolning besh kishisi kiradi.
Ma’lumot uchun, Berluskoni 29 yildan buyon “Milan” klubining prezidenti hisoblanadi. Avvalroq, Techaubol kelajakda klub aksiyalarining 100 foizini sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)