AQShning Sinsinnati shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishi chog‘ida olti kishi hibsga olindi. Namoyish yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun qo‘lga olingan, qora tanli Semyul DyuBouzning politsiya tomonidan o‘ldirilishiga qarshi o‘tkazildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru” mahalliy politsiya kapitani Dug Visman ma’lumotiga tayanib.
O‘ldirilgan odamning qarindoshlari tashkil etgan namoyish oxirida uning qatnashchilaridan biri jamoat binosiga xavf tug‘dirganligi sababli hibsga olindi.
Shuningdek, politsiya harakatlariga xalaqit berishga uringan yana besh kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)