“Nur.kz” nashri turli mamlakatlarning amaldagi va sobiq davlat rahbarlari onalari fotosuratlarini to‘pladi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning onasi — Aljan (1910-1977)
U hozirgi Jambul viloyati hududidagi Kasik ovulida tug‘ilgan. 1934-yili Qozog‘istonning bo‘lajak prezidenti otasi — Abishga turmushga chiqqan. Oilaviy hayotning dastlabki olti yili davomida ular farzand ko‘ra olmagan, shu sababli ham uzoq kutilgan vorisning tug‘ilishi katta quvonch bilan kutib olingan va er-xotinning o‘zaro muhabbatini, ishonchi va sabr-toqati uchun mukofot sifatida qabul qilingan.Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning onasi — Yekaterina Lukashenko (1924—2015)
Yekaterina Lukashenko juda erta mehnatga kirishgan. 1944—1949-yillarda temiryo‘lda, keyinchalik qurilishda va zig‘ir zavodida ishlagan. So‘ng 1957-yildan 1979-yilga qadar Aleksandriya shahrida sut sog‘uvchi sifatida mehnat qilgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putinning onasi — Mariya Shelomova (1911—1998)
Tverdagi qishloqda, dehqon oilasida tug‘ilgan. Zavodda ishlagan, Leningrad qamalidan omon qolgan. “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning onasi — Enn Danxem (1942—1995)
Asli kanzaslik Enn birinchi eri, Gavayi universitetining keniyalik talabasi katta Barak Obamani rus tili mashg‘ulotlarida uchratib qolgan. 1961-yil 4-avgust kuni ularning o‘g‘li — Barak Husayn Obama tug‘ilgan. 1964-yil yanvarida Danxem ajralish uchun ariza bergan. Katta Obama keyinchalik AQSh prezidentiga aylangan o‘g‘lini faqat bir marta — 1971-yili ko‘rgani kelgan. Enn Danxem 1995-yil 7-noyabrida saratondan vafot etgan.AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning onasi — Barbara Bush (1925)
U bo‘lajak eri — katta Jorj Bush bilan 16 yoshida tanishgan, 1945-yili esa unga turmushga chiqqan. Urush tugaganidan so‘ng, ular Midlendga ko‘chib o‘tgan; olti farzand ko‘rgan — bolalarning to‘ng‘ichi kichik Jorj Bush edi. Hozirgi vaqtda Barbara Bush eri bilan birga Xyustonda istiqomat qilmoqda.Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning onasi — Yuliya Medvedeva (1939)
Filolog, Gertsen nomidagi Pedagogika institutida dars bergan, keyinchalik Pavlovskda ekskursiya rahbari sifatida ishlagan.Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsinning onasi — Klavdiya Starigina (1908-1993)
Ikki farzandning onasi, dehqon oilasidan chiqqan, tikuvchi.Stalinning onasi — Yekaterina Geladze (1858-1937)
Yekaterina (Keke) Geladze 17 yoshida Vissarion (Beso) Jugashviliga turmushga chiqqan. Iosif tug‘ilganidan so‘ng, Vissarion ko‘p ichishni boshlagani uchun, Keke uni tashlab ketgan. Stalinning onasi haddan tashqari qattiqqo‘l ayol edi, farzandi uchun tinmay ishlagan, Iosifning ruhoniy bo‘lishini istagan.Mixail Gorbachyovning onasi — Mariya Gopkalo (1911-1993)
Oddiy qishloq ayoli, butun umri davomida daladan beri kelmagan. Erining vafotidan so‘ng, uyda yolg‘iz yashagan, nafaqa olib, ekinzorda ishladi. Gorbachyov barcha vakolatlaridan mahrum etilganidan so‘ng, mahalliy ma’muriyat u haqda qayg‘urmay qo‘ygan, SSSR parchalanib ketganidan so‘ng, bu holatni qoralagan qo‘shnilari Mariyadan yuz o‘girgan.AQShning 42-prezidenti Bill Klintonning onasi — Virjiniya Dell Kessidi (1923-1994)
Bill Klinton o‘z intervyularining birida, onasining ko‘magisiz hech qachon bu qadar baland cho‘qqilarni zabt eta olmasligini aytib o‘tgandi.Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining onasi — Rozella Bossi (1911-2008)
Butun mamlakat bu ayolni Roza ona deb qadrlardi. Daromadi kamtarona bo‘lganiga qaramay, eri bilan birgalikda Roza farzandining munosib ta’lim olishi uchun barcha sharoitni yaratib bergan. Silvio maktab yillaridayoq ishbilarmonlik iqtidorini namoyon etishga muvaffaq bo‘lgan — u birinchi pullarini bepul qo‘g‘irchoq teatriga chipta sotish orqali ishlab topgan.Germaniya kansleri Angela Merkel — Gerlinda Kasner (1928)
Lotin va ingliz tillari o‘qituvchisi sifatida ishlagan.Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining onasi — Andre Sarkozi (1925)
Parijdagi yuridik fakultetda o‘qib, advokat sifatida ishlagan. Andrening otasi — Benedikt Malla asli yahudiy bo‘lib, keyinchalik nasroniylikni qabul qilgan, onasi — Adel Buvye esa fransuz hamshirasi edi.Leninning onasi — Mariya Blank (1835—1916)
Mariya Aleksandrovna sakkiz farzand — to‘rt o‘g‘il va to‘rt qiz ko‘rgan. Farzandlarining to‘rt nafari oxir-oqibat inqilobchiga aylangan. U o‘g‘li Vladimirning inqilobchilik harakatini qo‘llab-quvvatlagan.Jon Kennedining onasi — Rouz Fitsjerald (1890—1995)
To‘qqiz farzandning onasi Rouz 1995-yil 22-yanvarida — 104 yoshida vafot etdi. U to‘rt farzandi va uch nevarasidan-da ko‘proq hayot kechirdi.Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining onasi — ledi Yelizaveta Bouz-Layon (1900-2002)
Qirol Georg Oltinchining turmush o‘rtog‘i, Hindistonning so‘nggi imperator ayoli. Shotlandiyalik dvoryan Klod Jorj Bouz-Layon oilasida tug‘ilgan. 1923-yili York gertsogi, qirol Georg Beshinchining ikkinchi o‘g‘li shahzoda Albertga turmushga chiqqan. U umrining so‘nggi kunlariga qadar jamoat ishlari bilan faol shug‘ullandi.
Izoh (0)