Kolumbiya Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyot Sesar departamentida halokatga uchradi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos ma’lumotiga tayanib.
Halokat natijasida 12 nafar harbiy halok bo‘ldi. Kolumbiya davlat rahbari aviahalokat natijasida qurbon bo‘lgan harbiylarning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, harbiy transport samolyotining halokatga uchraganlik holatini Kolumbiya fuqarolik aviatsiya boshqarmasi tasdiqlagan.
Hodisa guvohlarining so‘zlab berishicha, samolyot havoda yona boshlagan va uch qismga bo‘linib ketgan. Voqea joyiga harbiy qism yetib keldi.
Izoh (0)