Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Gruziya hukumatining hozirda Ukrainada Odessa viloyatiga gubernatorlik qilayotgan Mixail Saakashvilini qidiruvga berish to‘g‘risidagi so‘rovini rad etdi, deb xabar bermoqda “Novaya gazeta”.
“Interpolning Liondagi boshqaruvchi organi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini har qanday ta’qib qilish mumkin emasligini, bu siyosiy ta’qibning yaqqol belgilariga egaligi tufayli tashkilot nizomiga zidligini ma’lum qildi”, − deyiladi Odessa viloyati ma’muriyati saytidagi xabarda.
Bunga javoban Gruziya prokuraturasi Interpolga takroriy so‘rov jo‘natishini ma’lum qilgan. Gruziyada Saakashvili xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat mablag‘larini isrof qilishda ayblanmoqda.
Izoh (0)