Shimoliy koreyalik 15 yoshli Kim Kuk Xan Qozonda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng KXDR rahbari Kim Chen Inga chest berdi, deb xabar qiladi “Segodnya.ua”.
“Biz shu tariqa rahbarimiz va KXDR armiyasiga minnatdorlik bildiramiz”, — dedi sportchi qiz.
Suv sporti bo‘yicha 24-iyul kuni Qozonda boshlangan jahon chempionatida Kim Kuk Xan minoradan sakrash bo‘yicha 397,05 ball to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni xitoylik Chan Ren, uchinchi o‘rinni esa malayziyalik Pandelela Pamg egalladi.