Checheniston rahbari Ramzan Qodirov iqtisodiy masalalarni hal etish uchun respublikada hokimiyat tepasiga aqlliroq va qayishqoqroq odamlar kelishi lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Bir necha marta iste’fo so‘raganman. Hech kim ishonmaydi, hokimiyat Qodirovning qo‘lida, deb o‘ylaydi. Men esa bu meniki emas, men yig‘ilishlarni yoqtirmayman, mening vaqtim o‘tgan, deyman. Zarur bo‘lganda men shu yerda edim. Endi esa Chechenistonda hokimiyat tepasiga aqlliroq, qayishqoqroq odamlar kelishi kerak, ular iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullanishi kerak”, — dedi Qodirov.
Shunday odamlar bor yoki yo‘qligi haqidagi savolga Checheniston rahbari “bor” deb javob qaytargan. Shuningdek, u o‘zidan keyin hokimiyat tepasiga kim kelishini bilmasligini, iste’foga chiqqach asalarichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)