Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari o‘tkazilishi tufayli yo‘lovchilar oqimi oshishi munosabati bilan 1-avgust kuni Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘li ertalab soat 5:00 dan ish boshlaydi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Metroning “Chilonzor”va “O‘zbekiston” yo‘llari odatdagidek ertalabki soat 5:00 dan boshlab ishlaydi. Poyezdlarning eng tig‘iz oralig‘i ertalab soat 6:00 dan keyin 2,5—3 daqiqani tashkil etadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili shahar hokimining farmoyishi bilan yerusti transporti soat 6:00 dan yo‘lga chiqqan. Oxirgi bekatga borgach, barcha transportlar jadvaldagi vaqtni kutmasdan orqaga qaytgan. Shuningdek, OTMlarga olib boradigan qator ko‘chalardagi harakat to‘xtatilgan.
Izoh (0)