Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan selfiga tushdi. Bu haqda Qodirovning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilib, suratni ham ilova qilgan.
“Men suratga olishni juda yaxshi ko‘raman. Imkon bo‘lishi bilan qo‘limga fotokamera olaman. Bugun men Rossiya hukumati rahbari, birinchi raqamli fotograf Dmitriy Medvedev bilan selfiga tushishga muvaffaq bo‘ldim. Men u o‘zining bo‘sh vaqtini Rossiya tabiati, tarixiy joylar va manzaralarni suratga olishga bag‘ishlashini bilaman”, — deb yozgan Qodirov surat izohida.
Izoh (0)