Dunyo aholisining soni 2030-yilda 8,5 milliard kishi, 2050-yilda 9,7 milliard kishi, 2100-yilda esa 11,2 milliard kishiga yetadi, deb xabar beradi “UzDaily.uz” BMT Kotibiyatining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha bo‘limi hisobotiga tayanib.
Hisobotda qayd etilishicha, Yer sayyorasi aholisining soni o‘sishda davom etmoqda. Aholi soni ortishining deyarli yarmi Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Yaqin o‘n yillar ichida aynan Afrika va Osiyo davlatlari aholisida sezilarli o‘sish qayd etiladi. Shuningdek, Hindiston davlatining aholi soni bo‘yicha Xitoyni quvib o‘tishi kutilmoqda.
Hisobot ma’lumotlariga qaraganda, dunyo aholisi soni 2015-yilda 7,3 milliardga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan bir millionga ortiqdir.
Izoh (0)