Amerikalik milliarder Donald Tramp respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlar ichida peshqadamlik qilmoqda, deb xabar beradi “Vedomosti.ru”.
Reuters o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Tramp 25 foiz ovoz to‘plagan. Taqqoslash uchun uning asosiy raqibi, Florida shtatining sobiq gubernatori Jeb Bushga 12 foiz ovoz berilgan.
Reuters’ning ta’kidlashicha, olti hafta avval AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan 69 yoshli Tramp uchun bu katta natija hisoblanadi. Besh kun avval u 15 foiz ko‘rsatkichga ega edi.
Izoh (0)