Oldinroq daydi mushuklarga qarshi kurash boshlagan Avstraliya ma’murlari endi uy jonivorlariga nisbatan nazoratni kuchaytiradi: mahalliy tabiatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hududlarda mushuklar bilan sayr etishni taqiqlash rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda The Sydney Morning Herald nashriga tayanib, “Newsru.com” xabar bermoqda.
Hukumat tomonidan tayyorlangan 24 soat davom etadigan komendantlik soati rejasi mushuklarning faolligi tufayli yo‘qolib borayotgan hayvonlar va qushlarning noyob turlarini asrashga qaratilgan. G‘oya shundan iboratki, barcha uy mushuklari xonadonlarda saqlanishi, ko‘chaga esa faqat egalari hamrohligida, qafasda yoki kamar taqilgan holatda chiqishi lozim.
Ushbu chora birinchi galda tabiati muhofaza etiladigan hududlar, xususan, milliy bog‘larga yaqin joylardagi mushuklarga tegishli. Bu yerlarda uchraydigan yovvoyi va daydi mushuklar esa yo‘q qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)